РусскийEnglish

257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya

Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yo'nalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yo'lovchilar to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi to'g'risidagi hujjatdir. Bojxona organlari tashuvchining O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.