264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish
Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, ro'yxatdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.