РусскийEnglish

288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi

Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi.

Bojxona brokeri yoki o'z shtatida bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis mavjud bo'lgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas.

Bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs o'rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.