РусскийEnglish

299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig'imlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig'imlarini to'lashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) bojxona chegarasi orqali beg'araz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik ko'mak uchun olib o'tilayotgan tovarlar;

2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib o'tiladigan tovarlar;

4) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning faoliyat ko'rsatishini ta'minlash uchun mo'ljallangan tovarlar;

5) davlat muzeylarining, axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarining fondlarida va O'zbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar;

6) ko'rgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlari va davlatga qarashli O'zbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda ko'rgazmalar va shunga o'xshash boshqa tadbirlar o'tkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar;

7) O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasining harbiy yuklari, shuningdek boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan o'zga idoralarning harbiy yuklari;

8) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravarini va undan kam miqdorni tashkil etadigan tovarlar.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.