РусскийEnglish

330-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini olish uchun to'lovchi bojxona organiga:

bojxona to'lovlari summalarini to'lash bo'yicha yozma majburiyatni o'z ichiga olgan arizani;

ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishi ta'minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.