336-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashning qo'llanilishi
Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash ushbu Kodeksning 72, 87, 93, 95, 222, 223, 236, 272, 321 va 329-moddalarida belgilangan hollarda qo'llaniladi.
Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday ta'minlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.