355-modda. Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risidagi ariza
Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish to'g'risidagi ariza shaxsiy g'azna hisobvarag'iga ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlari kiritilgan bojxona organiga topshiriladi. To'lovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.