РусскийEnglish

358-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat

Tovar to'liq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko'rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.