367-modda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan ro'yxati bo'lib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, o'lchov birliklarini hamda izohlarni o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg'unlashtirilgan tizimiga asoslanadi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qo'llaniladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.