370-modda. Tovarlarning tasniflanishi bo'yicha dastlabki qarorni qabul qilish
Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.
Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.
Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir.
Dastlabki qarorning shakli O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.