РусскийEnglish

372-modda. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorning amal qilish muddati

Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qaror, agar u o'zgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan bo'lmasa, qabul qilingan kunidan e'tiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror o'z kuchini yo'qotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish to'g'risidagi so'rov bilan murojaat etishiga to'sqinlik qilmaydi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.