РусскийEnglish

376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi

Tashqi savdo bojxona statistikasi O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi bo'yicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan ma'lumotlar yig'indisidan iboratdir.

Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati to'g'risidagi axborot bilan ta'minlash, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga bojxona to'lovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.