383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rilmaydigan tovarlar
Bojxona organlari:
1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan;
2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq;
3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun;
4) insonparvarlik yordami va texnik ko'mak sifatida bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rmaydi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.