РусскийEnglish

394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari

Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni bojxona to'lovlaridan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.