45-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.