54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qo'llashga doir taqiqlar va cheklovlar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yo'l qo'yilmaydigan hollar;
muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bo'yicha ayrim operatsiyalarni o'tkazishga doir cheklovlarni;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yo'l qo'yishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.