РусскийEnglish

57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'ladigan hujjatlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.