РусскийEnglish

6-modda. Bojxona maqsadlari

Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:

bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o'tish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash;

bojxona to'lovlari o'z vaqtida va to'g'ri to'lanishini ta'minlash;

iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini ta'minlash;

bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish hollariga chek qo'yish va ularning oldini olish.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.