61-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona to'lovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona to'lovlari to'langan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.