РусскийEnglish

68-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishini to'xtatib turish

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi:

vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qo'yilgan davrda;

vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda to'xtatib turiladi.

To'xtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.