73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.