76-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo'lsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi.
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.