РусскийEnglish

78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq ta'mirlash uchun mo'ljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga o'xshash bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi.

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni ta'mirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos bo'ladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.