РусскийEnglish

82-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo'llashga doir taqiqlar va cheklovlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojxona hududida qayta ishlashga yo'l qo'yilmasligi hollarini;

tovarlarning muayyan turlarini bojxona hududida qayta ishlash bo'yicha ayrim operatsiyalarni o'tkazishga doir cheklovlarni;

tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.