РусскийEnglish

86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjat

Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi.

Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.

Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.