97-modda. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.