РусскийEnglish

25-modda. Oilaviy korxona faoliyatining erkinligi

Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Oilaviy korxona bitimlar tuzishda erkindir.

Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.