27-modda. Oilaviy korxona faoliyatini tekshirishlarning cheklanishi
Oilaviy korxonaning faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o‘tkazilmaydi, bundan budjet mablag‘laridan va markazlashtirilgan mablag‘lardan hamda resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq tekshirishlar mustasno.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan oilaviy korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.