Raqam yozing — o'sha moddaga o'tasiz; so'z yozib Enter bossangiz — butun matndan qidiriladi.
29-modda. Oilaviy korxonaga bank xizmati ko‘rsatish va uni kreditlash
Oilaviy korxonaga bank xizmati ko‘rsatish qonun hujjatlariga muvofiq bank bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Banklar belgilangan tartibda oilaviy korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochadi hamda ularga xizmat ko‘rsatadi.
Oilaviy korxonani kreditlash bank yoki boshqa kredit tashkiloti bilan tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Oilaviy korxonaga kreditlar berishda banklar, boshqa kredit yoki sug‘urta tashkilotlari kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin. To‘lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo‘lishi mumkin.
Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.