РусскийEnglish

115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash

Soliq toʻlash majburiyatiga ega boʻlgan soliq toʻlovchi uni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka, oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.

Agar soliq toʻlovchida toʻlanmagan soliq qarzi mavjud boʻlsa, soliq organi unga soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.