РусскийEnglish

136-modda. Soliq nazoratining shakllari

Soliq organlari soliq nazoratini:

1) soliq tekshiruvlari;

2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.

Bojxona organlari tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.

(136-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.