141-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati
Agar ushbu Kodeksning 142-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditi oʻttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
Soliq auditini oʻtkazish muddati soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.