163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari qarorlarini ijro etish
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilinganda, bunday qaror yuqori turuvchi soliq organi tomonidan bekor qilinmagan va ustidan shikoyat qilinmagan qismi boʻyicha shikoyat yuzasidan yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Agar shikoyatni koʻrib chiqadigan yuqori turuvchi soliq organi quyi soliq organining qarorini bekor qilsa va yangi qaror qabul qilsa, yuqori turuvchi soliq organining bunday qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirsa, quyi soliq organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, lekin mazkur shikoyatni berish muddati tugamasdan kuchga kiradi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.