202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlarining barqarorligi
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish, unga oʻzgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari oʻzgarishsiz qoladi.
(202-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliq toʻlovchining faoliyatiga va narx belgilashga taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar boʻlgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning matniga tegishli oʻzgartishlar kiritishga haqli.
(202-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.