224-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik
Soliqni (yigʻimni) notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yigʻim) summasini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning 223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini oʻz ichiga olmagan boʻlsa, —
toʻlanmagan soliq (yigʻim) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.