РусскийEnglish

227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, —

nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim boʻlgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda soligʻi boʻyicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin oʻn million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.