240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi
Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi:
1) tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa;
2) tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.