25-modda. Vakolatli organlar
Quyidagilar vakolatli organlardir:
soliq organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari;
bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari;
yigʻimlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.