258-modda. Soliq stavkalari
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi.
(258-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.