РусскийEnglish

262-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga soliq solish

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka boʻyicha soliq solinadi.

(262-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirgan holda ushbu Kodeksning 258-moddasi birinchi qismida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi lozim.

(262-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.