РусскийEnglish

27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari

Soliq organlari:

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;

(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi;

soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi;

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi;

(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi;

(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi;

(27-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni oʻrganishi;

(27-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi;

masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi;

(27-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;

soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini taʼminlashi;

soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;

ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi;

yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasmiy ravishda maʼlum qilishi;

soliq toʻlovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani berishi;

soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.

(27-modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.