РусскийEnglish

286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana

(286-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz toʻlanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi.

(286-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solish operatsiyalarini amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.