293-modda. Soliq toʻlash tartibi
Soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha soliqni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar toʻlanadi.
(293-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.