309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash xarajatlari
Soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz beruvchi oʻrtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari oʻrnini ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(309-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.