РусскийEnglish

321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini oʻzgartirish natijasiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Zaxiralarni baholashning soliq toʻlovchi tomonidan oldingi soliq davrida qoʻllanilgan usulidan boshqa usuliga oʻtilgan taqdirda, soliq toʻlovchining jami daromadi (xarajati) baholashning yangi usulini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga koʻpaytirilishi va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim.

Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga oʻtish soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri boshidan eʼtiboran amalga oshiriladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.