334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish
Qayta tashkil etish munosabati bilan oʻtkaziladigan zararlar soliq toʻlovchilar boʻlgan huquqiy vorislar oʻrtasida taqsimlash balansi asosida oʻtkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga koʻra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Huquqiy voris boʻlgan soliq toʻlovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari oʻz faoliyatini tugatgan soliq toʻlovchidan koʻrgan zararlari oʻtkazilmaydi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.