344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(344-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.