350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa belgilariga javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qoʻyishga qadar olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq norezident soliq organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga hisobga olinishi lozim.
Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.