РусскийEnglish

361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:

1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.