РусскийEnglish

368-modda. Jami daromad

Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;

2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.